Abdulla Ubaydullaev - Oygulsiz oydayin qo`shiq matni
Kelaqol, yorim, endi,
Saharda bog` aylanamiz.
Sevishib, qo`l ushlashib,
Bir vaqti chog` aylanamiz.
Kuylasam nola bilan,
Tebranadi lolalar-a.
Lolalar quchog`ida
Tugar firoq, aylanamiz.
Bu qora ko`zingnimas,
Yo shirin so`zingnimas,
Mehringga qilib havas,
Sevdim dilingni.
Nurga to`lsin kechalar,
Gulga to`lsin ko`chalar,
Biz birga bo`lsak agar,
Bergin qo`lingni.
Oygulsiz oydayin, yuzlari zebo,
Men oshiq devona, adoman ado. (x2)
Sochlaring zanjir bo`lib,
Qara, bog`lab oldi mani.
Ko`zlaring yonib-yonib,
Yonar o`tga soldi mani.
Bir qarab ertayu kech
O`ylatasan, kuylatasan.
Man boray izlab axir,
Yor, manziling bormi sani?
Bu qora ko`zingnimas,
Yo shirin so`zingnimas,
Mehringga qilib havas,
Sevdim dilingni.
Nurga to`lsin kechalar,
Gulga to`lsin ko`chalar,
Biz birga bo`lsak agar,
Bergin qo`lingni.
Oygulsiz oydayin, yuzlari zebo,
Men oshiq devona, adoman ado. (x2)
Bu qora ko`zingnimas,
Yo shirin so`zingnimas,
Mehringga qilib havas,
Sevdim dilingni.
Nurga to`lsin kechalar,
Gulga to`lsin ko`chalar,
Biz birga bo`lsak agar,
Bergin qo`lingni.
Oygulsiz oydayin, yuzlari zebo,
Men oshiq devona, adoman ado. (x4)
Men oshiq devona, adoman ado…