Abdurashid Yo`ldoshev - Avvalgidaymas qo`shiq matni

Nafasi bahorim, ne bo`ldi?

Tuyg`ularing avvalgidaymas.

Xushvaqt eding, yorim ne bo`ldi?

Kulgularing avvalgidaymas. (x2)


Istagingiz sezaman degan,

Ko`nglingizni kezaman degan,

Har so`zingda sevaman degan

Urg`ularing avvalgidaymas.


Tuyg`ularing avvalgidaymas,

Kulgularing avvalgidaymas,

Har so`zingda sevaman degano

Urg`ularing avvalgidaymas.


Oy bizlarga boqib o`tardi,

Nur chehrang dilimga botardi,

Bedor qancha tonging otardi,

Uyqularing avvalgidaymas.


Bo`g`zim qiynar alamli tutun,

Qani baxtdan yashnagan husn?

Qayg`urarding baxtimiz uchun,

Oh, qayg`ularing avvalgidaymas.


Tuyg`ularing avvalgidaymas,

Kulgularing avvalgidaymas,

Har so`zingda sevaman degan

Urg`ularing avvalgidaymas. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]