Abdurashid Yo`ldoshev - Kimni sevay qo`shiq matni

Kipriging titrasa, bitta ko`ray man,

Atringdan adoyu, tamom bo`lay man.

Sensiz yasholmasam nima qilay man?

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man?


So`zingdan jonimga titroq yugursa,

Seni deb har kun bir tomir uzilsa, (x2)

Ko`nglim ostonangda yig`lab o`tirsa, (x2)

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)


Kel, bitta ko`ray man,

Tamom bo`lay man, nima qilay man?

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)


Ko`zlaring aldadi, aldandim faqat,

Ko`nglimda dard bilan yig`lar muhabbat, (x2)

Sen duo qilmasang bo`lmas ijobat,

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)


Kel, bitta ko`ray man,

Tamom bo`lay man, nima qilay man?

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)


Tovonga botsa tosh, tegmagin menman,

Soyangdan yuz burib ketmagin menman,

Olovdan yuz burib ketmagin menman,

Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man?


Kel, bitta ko`ray man…





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Manzura - Asra baxtimizni qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:17Скачать
Ruhshona - Hayot qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Lola - Kel qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать
Botir Qodirov - Ey dil qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:25Скачать
Nuriddin Qosimov - Seni sevay (Video klip)128 kbps19-10-2016, 15:16Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.