Abdurashid Yo`ldoshev - Xabaring yo’q qo`shiq matni
Yorim, xabaring yo`q,
 Mandan xabaring yo`q,
 Ko`nglimni yorit desam, yorim-a,
 Afsus, xabaring yo`q. (x2)
Vasling kuni deb yonsa ham
 Joni omoning bor, yorim xabaring yo`q.
 Mushtoq bo`libon yo`lingga
 Rangi somoning bor, aslo nazaring yo`q.
Gulgun yuzingga maftun bo`lib,
 Qolmadi toqat, ko`nglimda farog`at.
 Desamki, yorim man kabi zulmat
 Osmoning bor, afsus qamaring yo`q.
Yorim, xabaring yo`q,
 Aslo nazaring yo`q,
 Ko`nglimni yorit desam, yor-ay,
 Afsus, xabaring yo`q. (x2)
Soching torini bog`lab olib
 Bo`ynima mahkam man oshig`i bekam,
 Yursam shodimon, o`q otdi
 Qosh-u kamoning bor, ammo zararing yo`q.
Kunduz boqayin oy yuzingga
 Desamki takror, bo`lgandim umidvor.
 Bundoq qarasam, shoming ayon
 Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo`q?
Bundoq qarasam, shoming ayon
 Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo`q?
Yorim, xabaring yo`q,
 Aslo nazaring yo`q,
 Ko`nglimni yorit desam, yor-a,
 Afsus, xabaring yo`q. (x2)
O-o, nozing alami jondan o`tib,
 Qonga ulandi-ya, so`ng ayladi bandi,
 G`amzang mayida jonni o`rtovchi
 Nordoning bor, qandu shakaring yo`q.
Holimni ko`rib ketsang desang,
 Chiqib jon kabi, chaqsang chayon kabi,
 Yorim, Botirni o`ldirmoqqa
 Ming imkoning bor, garchi zaharing yo`q.
Yorim, xabaring yo`q,
 Aslo nazaring yo`q,
 Ko`nglimni yorit desam, yorim-a,
 Afsus, xabaring yo`q. (x2)
Yorim, xabaring yo`q,
 Yorim, xabaring yo`q…

