Abduvali Rajabov - Alamim mani qo`shiq matni

Qoshlari qalam-qalam, oh, bejirim pardozidan,
Tanladim zulfi-anbar, go`zallar sho`x tanlovidan.

Ishqim sarkash dardiga behosdan bo`ldim mubtalo,
Yigit qaytmas shashtidan, toki tanda yonar olov.

Sevgimdan darak-darak sarxush xayol hamoney,
Qalam qoshi kamoney.
Yuragim bo`lak-bo`lak, holim zabun yomoney,
Asragin omon-omoney, hasratlarim yomoney.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragim mani-mani tanho bir o`zingga xumor.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragimda mani-mani yashaysan bir o`zing dildor.

Sochlari taram-taram, bir boqdiyu indamadi,
G`uncha lab-dudog`idan bitta shirin so`z demadi.

Niyati holis ekan yigitni qo`llaydi Xudo,
Jonimni nisor etay, vaslingdan etmagin judo.

Sevgimdan darak-darak sarxush xayol hamoney,
(Sarxush xayol hamoney) Qalam qoshi kamoney.
Yuragim bo`lak-bo`lak, holim zabun yomoney,
Asragin omon-omoney, hasratlarim yomoney.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragim mani-mani tanho bir o`zingga xumor.
Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragimda mani-mani yashaysan bir o`zing dildor. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]