Abduvali Rajabov - Dunyo qo`shiq matni

Do`stim, havolanib ketma o`zingdan,
Tog`larning boshini egkan dunyo bu.
Azim daryolarni bo`g`ib qa`ridan,
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu. (x2)

Kimnidir yayratib eram bog`ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog`ida,
Kimnidir yayratib jannat bog`ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog`ida,
Kimnidir o`ldirib yoshlik chog`ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.

Kimnidir o`ldirib yoshlik chog`ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Do`stim, havolanib ketma o`zingdan,
Tog`larning boshini egkan dunyo bu.

Do`stlaring aylansa tulki, bo`riga,
Xiyonat qilganda yorlar yoriga,
Boqarkan bir kuni zamon zo`riga,
Barining ustidan kulgan dunyo bu. (x2)

Chang solib necha xush, chaman bog`larga,
Yo`l berib bulbulmas, qarg`a-zog`larga, (x2)
Kuy chalib motamli ohu-vohlarga,
Yolg`onlar kitobin bitgan dunyo bu. (x2)

Do`stim, havolanib ketma o`zingdan,
Tog`larning boshini egkan dunyo bu.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]