Abduvali Rajabov - Nafasim o’zing qo`shiq matni

Yana tinmay, doimgiday,
Musaffo orzular kabi
Xayolimni egallaysan. (dilda borim)
Bir istagim – seni ko`rish ekanligin
Bilib turib,
Nega ayt, nega kelmaysan?

Sog`inganda yomon dardda
Yonishimni bilmading,
Bilib turib yo ataylab
Menga hech sezdirmading.

Izhorimni maktubimda,
Kabutarda yo`llayin,
Xayolingu o`ylaringni
Bir zumga o`g`irlayin.

Nafasim o`zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganimsan.
Nafasim o`zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganim sensan.

Mayin esar bu shamollar,
Boradi balki sen tomon,
Negadir men yetolmayman. (yetolmayman)
Bir daqiqa, bir soniya
Seni ko`rmay turib ishon,
Go`zalim men yasholmayman.

Hayotim sahifalari
Sen bilandir rang-barang,
Meni balki sehrlagan
Ovozingdagi jarang.

Majnuningni ham o`ylabon
Bir qadam bos men tomon,
Visoling umidi dilda,
Sog`inchlar qiynar hamon.

Nafasim o`zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganimsan.
Nafasim o`zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganim sensan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]