Abduvali Rajabov - O’ynasin qo`shiq matni

Oldi bitta go`zal bor xayolimni,
Mana yana yangiladi dil azobimni,
Osmon yulduziday misoli zuhro,
Bilmay dardim indamay jim bermoqda jazo.

Mayli, qancha kerak bo`lsa qiynasin,
Bir bora bechora ko`nglim uchun-ey o`ynasin.

O`ynasin, o`ynamasa mani ko`nglim ado bo`ladi,
O`ynasin-ey, o`ynamasa bu man uchun jazo bo`ladi.

O`ynasin-ey, o`ynamasa dardimga ne davo bo`ladi?

Dardim o`sha go`zal anglasa edi,
Qo`shiqdagi gaplarimni tinglasa edi,
Oshkor bo`ldi bugun pinhon sirlar ham,
Bor ekanda peshonamda oh, shu kunlar ham.

Mayli, qancha kerak bo`lsa qiynasin,
Bir bora bechora ko`nglim uchun-ey o`ynasin.

O`ynasin, o`ynamasa mani ko`nglim ado bo`ladi,
O`ynasin-ey, o`ynamasa bu man uchun jazo bo`ladi.
O`ynasin, o`ynamasa mani ko`nglim ado bo`ladi,
O`ynasin-ey, o`ynamasa dardimga ne davo bo`ladi?

Mayli, qancha kerak bo`lsa qiynasin,
Bir bora bechora ko`nglim uchun-ey o`ynasin.

O`ynasin, o`ynamasa mani ko`nglim ado bo`ladi,
O`ynasin-ey, o`ynamasa bu man uchun jazo bo`ladi.
O`ynasin, o`ynamasa mani ko`nglim ado bo`ladi,
O`ynasin-ey, o`ynamasa qo`shig`im ham ado bo`ladi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]