Abduvali Rajabov - Sog’inar qo`shiq matni
Xayr deya, senga qaramay,
Yoshlaringni ko`rgim kelmadi.
Uxlayolmas tungi chiroqday
Yonginangda yongim kelmadi.
O`rtanarding maqsadim bilib,
O`tinarding qalbingni tilib.
Firoqlarda meni qizg`onib,
Tushlarimda kelasan sevib.
Sog`inar, seni yurak sog`inar,
Ko`kragimdir qafasim, jonginamga urilar.
Sog`inar, seni yurak sog`inar,
Muhabbatim – qismatim, ko`zlarimda ko`rinar.
Eslamaydi meni do`stlarim,
Tanimaydi pullar ko`rinsa.
Titrab qolar bemor qo`llarim,
Sen yoqtirgan gullar ko`rinsa.
Yog`ayotgan yomg`ir, qor tinar,
Bag`ri nurli quyosh ham kular.
Qancha g`amlar boshdan o`tdilar,
Lekin baribir meni sevar.
Sog`inar, seni yurak sog`inar,
Ko`kragimdir qafasim, jonginamga urilar.
Sog`inar, seni yurak sog`inar,
Muhabbatim – qismatim, ko`zlarimda ko`rinar.