Abduvali Rajabov - Yomg’irlar qo`shiq matni

Shamolday esib o`tadi bu yillar,
Qaylarga bizni eltadi bu yo`llar?
Unutgandek bizni tin olmay yomg`ir yog`ar,
Go`zal sevgim yoningga yana qaytgim kelar.
Unutgandek bizni tin olmay yomg`ir yog`ar,
Shunday sevgim bor o`zingga yor, go`zal yor.

Yomg`irlar yog`ar edi,
Bo`lmagandek qalbimizda
Shunday sevgi yoki armon, jonim.
Yomg`irlar yog`ardi tinmay biz uchun,
Bugun esa sensiz yolg`iz o`zim.

Kechalar uzun, yulduzli bo`ladi,
Dilga beg`ubor orzular to`ladi.
Endi bo`lsa, jonim, uzoqlashdik biz bugun,
Sog`inchlarda yuragim yana zor tunu-kun.
Endi bo`lsa, jonim, uzoqlashdik biz bugun,
Yo`llaringga zor bu dilim yor, go`zal yor.

Yomg`irlar yog`ar edi,
Bo`lmagandek qalbimizda
Shunday sevgi yoki armon, jonim.
Yomg`irlar yog`ardi tinmay biz uchun,
Bugun esa sensiz yolg`iz o`zim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]