Abduvali Rajabov - Yoqadi qo`shiq matni

Yoqadi shirin so`zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so`zlaring.

Menga bo`lgin e`tiborli,
Sening bilan dil afsunli.
Zulmatlarga to`lgan kunlar ham
Jamoling bilan nurli, nurli.

Nolalarim etar davom,
So`zlaringdan yurak omon.
Armonlarda qolgan orzuim
Bajo ayla shu on.

Yoqadi shirin so`zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg`u to`la ko`zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so`zlaring,
Dardimga darmon bo`l.

Talpinaman vasling taraf,
Azobingni et bartaraf.
O`ylamagan orzu-baxtimni
Erkalab menga aytgin, aytgin.

Nolalarim etar davom,
So`zlaringdan yurak omon.
Armonlarda qolgan orzuim
Bajo ayla shu on.

Yoqadi shirin so`zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg`u to`la ko`zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so`zlaring,
Dardimga darmon bo`l.

Yoqadi shirin so`zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring…

Yoqadi shirin so`zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg`u to`la ko`zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so`zlaring,
Dardimga darmon bo`l. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]