Abzal Husanov - Nozik qo`shiq matni

Bahor ila kelgan bir juft kabutar

Oshyon qurdi ayvonimga.

Oshyon etsa nogoh tanimni dard,

Yor, sen jon bo`lding jonimga.


El ichra seni atashar nozik,

Boshingga quyosh tutashar nozik.

Yoring ila baxt senga to abad

Parvona bo`lib o`tishar nozik. (x2)


To`kilsa bu soch, do`stlar, bosh qolur,

Xazon bo`lmas bahorimda.

Yllar o`tajak, dilar yosh qolur,

Yor, sen bo`lsang qatorimda.


El ichra seni atashar nozik,

Boshingga quyosh tutashar nozik.

Yoring ila baxt senga to abad

Parvona bo`lib o`tishar nozik.


El ichra seni atashar nozik,

Boshingga quyosh tutashar nozik.

Yoring ila baxt senga to abad

Parvona bolur nozik.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]