Adham Soliyev - Dardingdan qo`shiq matni

Quloq solib, eshit maning arzimni,

Gundan-gunga battar bo’ldim dardingdan. (x2)

Nalar chekdim firoqingdan, hajringdan,

Qonlar-a yig’lab, o’tar bo’ldim dardingdan, dardingdan.


Mehnatli bog’bona xizmat etarman,

Bilmam maqsadima qachon yetarman.

Bu dard birla boshim olib getarman,

Boshim olib getar bo’ldim dardingdan.


Bu dard birla boshim olib getarman,

Boshim olib getar bo’ldim dardingdan, dardingdan.


G’arib edim, kal qo’ydilar otimni,

Kimga aytay yurakdagi dodimni?

Parizodim, san eshitgin dodimni,

Sanla dardim aytar bo’ldim dardingdan.


Parizodim, san eshitgin dodimni,

Sanlara dardim aytar bo’ldim dardingdan, dardingdan.


G’ariblikda san galmading qoshima,

Rahim etmading ko’zdan oqqan yoshima.

Ajal yostig’ini qo’yib boshima,

Yor-yor deb o’tar bo’ldim dardingdan.


Ajal yostig’ini qo’yib boshima,

Yor-yor deb o’tar bo’ldim dardingdan, dardingdan.


Quloq solib, eshit maning arzimni,

Gundan-gunga battar bo’ldim dardingdan.

Nalar chekdim firoqingdan, hajringdan,

Qonlar-a yig’lab, o’tar bo’ldim dardingdan.


Nalar chekdim firoqingdan, hajringdan,

Qonlar-a yig’lab, o’tar bo’ldim dardingdan, dardingdan.


Dardingdan, dardingdan, dardingdan, dardingdan.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]