Adham Soliyev - O’zbekman qo`shiq matni

Oq yaktagi yanglig` oppoq murodi,
Har yaxshiga joni qurbon o`zbekman.
Asl urug` – Sohibqiron zurriyodi,
Dovrug`i dunyoga doston o`zbekman. (x2)

Tinchlik degan bir maqsadda birlashib,
Yovdan kechib, do`stlar bilan dillashib,
Bu kun butun dunyo bilan tillashib-ey,
Yuksaklikda ko`ksi osmon o`zbekman. (x2)

Boqqa kirgim keladi, hay yor-yor, aylanay,
Gullar tergim keladi, gul yor-yor, aylanay. (x2)
Gullarimning hammasin, hay yor-yor, aylanay,
Yorga bergim keladi, gul yor-yor, aylanay. (x2)

Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay,
Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay.

Bog`im oldi gul hovuz, hay yor-yor, aylanay,
Gul tergani kelganmiz, gul yor-yor aylanay. (x2)
Gulni bahona qilib, hay yor-yor, aylanay,
Yor ko`rgani kelganmiz, gul yor-yor aylanay. (x2)

Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay,
Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay.

Hay guldana, guldana, kimga bo`lding devona, (x2)
Jamolingga jetolmay, jigitlar bo`ldi armona. (x2)
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha,
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha.

Ey, boz-bozg`ana, bozg`ana, og`zingga chanqovuzg`ana, (x2)
Aka degan tovushing chanqovuzdan sozg`ana. (x2)

Hay guldana, guldana, kimga bo`lding devona, (x2)
Jamolingga jetolmay, jigitlar bo`ldi armona. (x2)
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha,
Uya-uya-uya-ha, haya-haya-haya-ha.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]