Adham Soliyev - Yaqu-yaq qo`shiq matni
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)
O`sha toshloq ko`changda
O`tib, qaytgan izim bor, (x2)
Senga aytolmay qolgan
Bittagina so`zim bor. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo`lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)
(Heey) Sho`x yoshlikni o`tkazdim,
Qarab-qarab yuzingga, (x2)
Oh, bilsayding zorligim
“Sevdim” degan so`zingga. (x2)
Baxt to`ying bo`lgan kecha
Ko`zlarimdan yosh oqdi, {x2}
Egningdagi oq libos
Yuragimga o`t yoqdi. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo`lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x3)
(Heey) Bilib qolib sevganim,
Eshitdim, ho`b kuyibsan, (x2)
Havas bilan o`g`lingga
Adham deb nom qo`yibsan.
Havas bilan o`g`lingga
Hushvaqt deb nom qo`yibsan.
Aybdor men o`zimman,
Sen o`kinmagin faqat, (x2)
Aytolmadim-da senga
Sevishimni, Muhabbat. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo`lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)