Adi - Ro’mol qo`shiq matni

Ayting-ayting na bo’ldi, oy qiz,
Qoshingizga keldim hol so’rab.
Nechun o’ksib-o’ksib yig’laysiz,
Boshingizni devorga tirab?

Armon ulfat bo’ldimi sizga?
Sevgi kulfat bo’ldimi sizga?
Achchiq yoshlar to’libdi ko’zga,
Qolibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab.

Armon ulfat bo’ldimi sizga?
Sevgi kulfat bo’ldimi sizga?
Achchiq yoshlar to’libdi ko’zga,
Olibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab.

O’rab-o’rab, o’rab-o’rab,
Olibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab.
O’rab-o’rab, o’rab-o’rab,
Olibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab.

Tushkunlikka tushmang bunchalar,
Hayot pastu baland shunchalar.
Ko’nglingizda umid g’unchalar
Qolmasin hech sarg’ayib, nurab.

Adashibsiz, ammo kech emas,
Chin oshiqlar yo’qmas, hech emas.
Ko’ngli ishqqa to’la, puch emas,
Shahzodangiz keladi so’rab.

So’rab-so’rab, so’rab-so’rab,
Shahzodangiz keladi so’rab.
So’rab-so’rab, so’rab-so’rab,
Shahzodangiz keladi so’rab.

Nomardlarga ko’ngil bog’lamang,
Bag’ringizni sira dog’lamang.
Yetar, singlim, endi yig’lamang,
Boshingizni devorga tirab. (x2)

O’rab-o’rab, o’rab-o’rab,
Olibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab. (x2)
So’rab-so’rab, so’rab-so’rab,
Shahzodangiz keladi so’rab. (x2)

O’rab-o’rab, o’rab-o’rab,
Olibsiz-ku ko’k ro’mol o’rab. (x2)

Ayting-ayting na bo’ldi, oy qiz,
Qoshingizga keldim hol so’rab…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]