Afruz guruhi - Ayriliq qo`shiq matni

[Aziza Xalilova]
Sevgingni inkor etding sen, tonib ketding sen.
Adomas alamli tunlar, sog`ingan kunlar.
Chidashdan boshqa chora yo`q,
Mendayin dili pora yo`q, aha.

[Afruz guruhi]
Tunu kunim faqat, o`ylarimda ishqing,
Aytgan dardli shirin, so`zlarimda ishqing.
Yolg`izlikdan yonib, kuyib bo`ldim asta,
Bir umrga endi ishqingdan dil xasta.

[Afruz guruhi va Aziza Xalilova]
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Halok bo`ldi armon, topilmas dardga darmon.
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Taqdir menga yozmish ayriliq.
Taqdir nega yozmish ayriliq?

[Aziza Xalilova]
Ko`nglimiz shunday to`q edi, shubha yo`q edi,
Nahotki sevgim rad etding, zor etib ketding?
Yuragim ado, zor qoldi, ohlarim ichiga oldi, aha.

Tunu kunim faqat, o`ylarimda ishqing,
Aytgan dardli shirin, so`zlarimda ishqing.
Yolg`izlikdan yonib, kuyib bo`ldim asta,
Bir umrga endi ishqingdan dil xasta.

[Afruz guruhi va Aziza Xalilova]
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Halok bo`ldi armon, topilmas dardga darmon.
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Taqdir menga yozmish ayriliq.

Tunu kunim faqat, o`ylarimda ishqing,
Aytgan dardli shirin, so`zlarimda ishqing.
Yolg`izlikdan yonib, kuyib bo`ldim asta,
Bir umrga endi ishqingdan dil xasta.

Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Halok bo`ldi armon, topilmas dardga darmon.
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Taqdir menga yozmish ayriliq.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]