Afsona - Aybim qo`shiq matni
Soyangizda gul ko`nglim so`ldi,
 Yuragimga armonlar to`ldi. (x2)
 Mehringizdan o`zga gul kuldi, (x2)
 Aybim sizni sevganim bo`ldi. (x2)
Adashgandim balki qachonlar,
 Armon dilga sochdi xazonlar. (x2)
 Foyda bermas bu pushaymonlar, (x2)
 Aybim sizni sevganim bo`ldi. (x2)
O`z-o`zimga gullar tutaman,
 Sabrim qaqshab, dardim yutaman, (x2)
 Bilmam, tokay baxtim kutaman,
 Aybim sizni sevganim bo`ldi,
 Aybim sizni sevganim bo`ldi.
Jannatmidi, jahannammi ishq,
 Sevar ko`zlar yoki nammi, ishq? (x2)
 Toleimda balki kammi ishq, (x2)
 Aybim sizni sevganim bo`ldi.
Soyangizda gul ko`nglim so`ldi,
 Yuragimga armonlar to`ldi.
 Mehringizdan o`zga gul kuldi, (x2)
 Aybim sizni sevganim bo`ldi. (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
