Ahror Usmonov - Qo’yavering o’ynasin qo`shiq matni
Shamol sabab, ehtimol,
 Tunda eshik g`ichirlar.
 Boshlanar mahallada
 Har xil pichir-pichirlar.
Sizga nima? Siz uxlang,
 Hech ishingiz bo`lmasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin. (x2)
Oshiqlarmi, oshiqdek
 Mayli, ko`ngil xushlashsin.
 Ikki oshiq istasa,
 Shamol bilan mushtlashsin. (x2)
O`ksimasin qiz qalbi,
 Yigit ra`yi o`lmasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin. (x2)
G`iybat qilmang yigitni,
 Uyaltirmang qizni ham.
 Shunday o`tli muhabbat
 Siylab o`tsin sizni ham. (x2)
Bitta sovuq so`z tufayli
 Sevgi bog`i so`lmasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin. (x2)
Ikki yorti boshi uzra
 Porlasin ishq quyoshi.
 Qizga hayo, yigitning
 G`urur bo`lsin yo`ldoshi. (x2)
Termulishib, bir-birin
 Diydoriga to`ymasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin. (x2)
Sizga nima? Siz uxlang,
 Hech ishingiz bo`lmasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin.
Termulishib, bir-birin
 Diydoriga to`ymasin.
 Kimda kimning ko`ngli bor,
 Qo`yavering, o`ynasin.

