Aka-uka Vahobovlar - Gulzorim go’zal qo`shiq matni
Men yayragan bog`im, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal. (x2)
Ko`nglimda asragan asrorim go`zal, {x2}
Dilda yorim, degan-ey takrorim go`zal. {x2}
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal.
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal.
O`ynab yorim yursa, yashnaydi gullar,
Gulshan ichra hidlar sochgay sunbullar. (x2)
O`z ishqidan so`zlab, sayrar bulbullar, {x2}
Jo`r aylasa yorim-ey, gulyorim go`zal. {x2}
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal.
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal.
Dildorimni ko`rsam har kun yak bora,
Tog`dek o`sar ko`nglim, qilsa nazzora. (x2)
Men Habibiy, mehrim ortar tobora, {x2}
Chin oshiqni topgan xush yorim go`zal. {x2}
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal.
Go`zal, go`zal, go`zal, gulzorim go`zal,
Gulzorimga yarashgan dildorim go`zal. {x2}