Akbar - Hech kimga o’xshagim kelmadi qo`shiq matni
Olimlar aro bir shoirman,
 Lek yolg`on termalar termadim,
 Ne yozsam, qalbimga doirman,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Ilm izlab, olimman demadim,
 Garmsel shamoldek yelmadim,
 Nomardning yeganin yemadim,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Egilib goh o`ngu so`liga,
 Yurmadim shaytonning yo`liga,
 Boqmadim baxlning qo`liga,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Nomiga tashlab ko`z qirimni,
 Tilmadim hech kimning dilini,
 Sotmadim sirdoshim sirini,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Kitob, she`r ko`ngilning mulkidir,
 Olimlik, ilm el ko`rkidir,
 Lek nechun qalbimda qayg`udir,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Suratim bir mening siyratim,
 Goh mungli, goh o`ychan kuyladim,
 Qalamim yurakka qayradim,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
Qaranglar o`g`limga, qizimga,
 Ukamu singlim va izimga,
 Hammasi o`xshaydi o`zimga,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
O`xshasam o`xshadim otamga,
 Oppoq soch, sodda dil onamga,
 Xoslatu hislat o`zbegimga,
 Hech kimga o`xshagim kelmadi.
O`tinchim – birovga o`xshatmang,
 G`iybatlar dog`ida kuydirmang,
 She`r yozsam, shoirga tenglamang,
 Hech kimga, hech kimga o`xshagim kelmadi.

