Akbar - O’zbek ayoli qo`shiq matni

Qo`l ochadi tongdan duoga,
Sig`inadi Alloh Taologa.
Yuzin chayar shabnam ziyoga,
Uyaltirar oyni jamoli,
Momo Havo – o`zbek ayoli.

Yuragida so`nmas muhabbat,
Yaraladi ishqidan hayot.
Orzu-umid umriga qanot,
Hijronlarni haydar visoli,
Ko`ksi dunyo o`zbek ayoli.

Ona, singlim, yorim, qizim u,
Kelajakni ko`rar ko`zim u.
Chechak unar bosgan izi u,
Yeru ko`kni quchar xayoli,
Zukko, dono o`zbek ayoli.

Har qadami jannatning o`zi,
Dasturxonda qalbi – non, tuzi.
O`zbek nomin kalima so`zi,
Kunday, tongday kulgan iqboli,
Vahiy, nido – o`zbek ayoli. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]