Akbar - So’yla majnuntol qo`shiq matni

Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni ko`l uzra to`kib,
Nimalar haqida surasan xayol,
So`yla majnuntol, so`yla majnuntol?

Yo tongda bir go`zal chiqdimi suvga,
Nigohing tushdimi ko`zi ohuga?
Seni band etdimu labidagi xol,
So`yla majnuntol, so`yla majnuntol?

Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.

Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda to`liq edi shirin orzular)
Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug` barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)

Tunda oy aksini ko`rdingmi suvda?
Balki izlaysan uni behuda.
Yo`qsa nega ma`yus ko`rinding, ne hol,
So`yla majnuntol, so`yla majnuntol.

Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.

Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda to`liq edi shirin orzular)
Biz o`sha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug` barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)

Bir kecha so`nggi bor uchrashdi ular,
Shu kecha aytilgan alamli so`zlar.
Bu bir sevgi edi, ulug` barkamol,
Ketdi uvol, uvol…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]