Alibobo - Qalam qosh qo`shiq matni

Olovuddinning shamchirog`i,
Katta jinning o`rtog`i,
Uchar gilamning parvozi
Yordam bermadi. (yo`ge?)

Hazil-huzul latifalar,
Xilma-xil hikoyalar,
Tanish-bilish zo`r akalar
Qo`lidan kelmadi.

Ey, san o`zing ko`ngliga nazar sol,
Xayoli, fikrida nimalar bor?
Bilib olish qiyin-u,
Qiz bola befarq-u bebosh,
Qiz bola hali yosh.

Ey yosh, qalam qosh,
Beshafqatu bebosh.
Sevgimni anglamas,
Yuragi tosh, qora qalam qosh. (x2)

Bayramning zambaragi,
Erta bahorning varragi,
Atir gullarning kapalagi
Uyg`ota olmadi. (yo`ge?)

Qimir-qimir qoshlaring uchir,
Sho`x-sho`x kulib, oson kechir.
Teskari qarab ketaverma,
Sabrim qolmadi.

Ey, san uning ko`ngliga nazar sol,
Xayoli, fikrida nimalar bor?
Bilib olish qiyin-u,
Qiz bola befarq-u bebosh,
Qiz bola hali yosh.

Ey yosh, qalam qosh,
Beshafqatu bebosh.
Sevgimni anglamas,
Yuragi tosh, qora qalam qosh. (x2+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]