Alijon Isoqov - Raqqosa qiz qo`shiq matni
Qo`shiq aytsam, bitta boqib, qoshin qoqib,
Tovus kabi nozlanadi sirli boqib.
Bir menimas, barchani lol ayladi u,
Raqqosa qiz xirom aylar dilni yoqib.
Tuflisining poshnasini taqillatib, voy dod,
O`ynatadi barmog`ini qarsillatib.
Parilarga o`xshab ketar jamoli ham,
Chiroyini ochar bir dona xoli ham. (x2)
Astagina ko`ngliga qo`l solay desam,
Hilpiraydi boshidagi ro`moli ham.
Tuflisining poshnasini taqillatib, voy dod,
O`ynatadi barmog`ini qarsillatib.
Nozlari ham yarashadi o`zlariga,
Orzu-havas bilan boqar ko`zlariga. (x2)
Astagina ko`ngliga qo`l solay desam,
Ketmasaydi xumor qilib izlariga.
Olamda eng suluv shu qiz bo`lsa kerak,
Boshqa qizlar undan keyin tursa kerak.
Bilolmadim, balki uning izlarida
Mendek yana mingta oshiq bo`lsa kerak.
Tuflisining poshnasini taqillatib, voy dod,
O`ynatadi barmog`ini qarsillatib. (x2)
O`ynatadi barmog`ini qarsillatib…