Alisher Fayz - Armon qo`shiq matni
Har yurakda bor ekan bu dardu alam,
Meni ezib qo`ydi bunday og`ir g`am.
Ketishingni bilganmiding ayt,
Yo ketgani kelganmiding ayt?
Sezmay qoldim baxtli kunlarda
Mehring ado bo`ldi qaysi payt.
Har yurakda bor ekan bu dardu alam,
Meni ezib qo`ydi bunday og`ir g`am.
Kunlar sanab bo`ldi yurak bag`rim qon,
Kelmaganing yomon, ketganing armon.
Ketishingni bilganmiding ayt,
Yo ketgani kelganmiding ayt?
Ermak qilib tuyg`ularimni
Yo ustimdan kulganmiding ayt?
Har yurakda bor ekan bu dardu alam,
Meni ezib qo`ydi bunday og`ir g`am.
Oylar sanab bo`ldi yurak bag`rim qon,
Kelmaganing yomon, ketganing armon.
Qalbim vayron bo`ldi, orzularim so`ndi,
Tor kelib dunyolar sabri kosam to`ldi.
Ko`z yoshlarim tindi, g`ururim o`ksindi,
Yagona sevgimni yuragimga ko`mdim.
Har yurakda bor ekan bu dardu alam,
Meni ezib qo`ydi bunday og`ir g`am.
Yillar sanab bo`ldi yurak bag`rim qon,
Omonligim gumon, ahvolim yomon.