Alisher Fayz - Baxtlimisan qo`shiq matni

Bir ko`rishda sevganim,
Bir umrga sevganim,
Yagonamsan san manim,
Baxtlimisan, ayt?

Dersan balkim qaydalar,
Oyni urgan va`dalar?
Oshiq barin uddalar,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O`zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt? (x2)

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo`llaring
Men bilan bog`laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Yillar o`tdi birpasda,
Savolim hazilmasda,
Bo`lmasin desang xasta,
Baxtlimisan, ayt?

Sara gullar donasi,
Farzandlarim onasi,
Ko`nglimning yagonasi,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O`zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Gohida ko`zingda yosh,
Gohi men sal bag`ritosh,
Kel, bo`lay senga sirdosh,
Baxtlimisan, ayt?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo`llaring
Men bilan bog`laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Tangrim bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O`zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Javobing ajoyib bo`ldi,
Sevinchdan ko`zlaring kuldi,
Xotirim endi jam bo`ldi,
Baxtliman shu payt!

Baxtliman shu payt, (x2)
Hayot yo`llarim
Sen bilan bog`laganiga.

Baxtliman shu payt, (x2)
Afsuslanmayman
Seni tanlaganimga!

Bir ko`rishda sevganim,
Bir umrga sevganim…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]