Alisher Fayz - Bilmadingizda qo`shiq matni

Dona-dona terdim aytar har so`zim,
O`ziga yolvordim bersin deb to`zim.
Oshiq deb sayladim o`zimni o`zimey,
O`zi man kimligim bilmadingizda.

Bilmadingizda, bilmadingizda,
O`zi man kimligim bilmadingizda. (x2)

Yo`lingiz poyladim man javlon urib,
Gohida o`ng, gohida so`limga yurib.
Qo`lda dasta-dasta gullarim ko`rib
O`zganing yori deb o`yladingizda.

O`yladingizda, o`yladingizda,
O`zganing yori deb o`yladingizda. (x2)

Ishq xatin yozdim-a devonaman deb,
Xozircha sizga yor begonaman deb,
Makkora kuldingiz ishonaman deb,
Sevgini o`yin deb o`ynadingizda.

Makkora kuldingiz, ayyora kuldingiz,
Ko`p bora kuldingiz ishonaman deb,
Sevgini o`yin deb o`ynadingizda.

Bunda kuz bo`lsada, dil bahor edi,
Sizga yor o`zgacha mehrim bor edi,
Kelsaydi Alisher bir bora endi,-
Deb bekorga yig`lamang to`ylaringizda. (x2)

To`ylaringizda, to`ylaringizda,
Bekorga yig`lamang to`ylaringizda.
To`ylaringizda, to`ylaringizda,
Go`zalim yig`lamang to`ylaringizda.

Sevgini o`yin deb o`ynadingizda,
Dona-dona terdim aytar har so`zim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]