Alisher Fayz - Dastingdan qo`shiq matni

Yo`llarimga termulib, oynadan qarab,
Sochlaringni ataylab men uchun tarab,
Ostonadan kelar chog`im tabassum bilan
Ko`nglimni tog`day ko`tar holimni so`rab-ey.

Kel, bag`rimga kel, bag`rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan,
Pichirlab isming so`ylab, kun bo`yi sani o`ylab,
Mana axir oqibat shoir bo`ldim dastingdan-ey, dastingdan.

Ko`zlar aro chaqnasa chaqinlar shu payt,
Ishqimizdan bitilsa ajib go`zal bayt,
Yuragingda bor dardingu bor mehring bilan
Bir umrga bir o`zimga keraksiz deb ayt.

Kel, bag`rimga kel, bag`rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan,
Pichirlab isming so`ylab, kun bo`yi sani o`ylab,
Mana oxir-oqibat shoir bo`ldim dastingdan-ey, dastingdan.

Sadoqatim o`zgarmas, sevgidan kechib bo`lmas,
To`lin oy kabi to`lgan go`zallarni ko`rsam ham,
Sevgi guli so`nmagay, chin oshiqlar o`lmagay,
Mehrim aslo o`zgarmagay, jonim, mingga kirsam ham.

(Kel, bag`rimga kel, bag`rim yonsin taftingdan,
Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)

Baralla isming so`ylab, bir umr sani o`ylab,
Cholu kampir bo`lsagam yashnab yuray baxtimdagi baxtingdan.

(Kel, bag`rimga kel, bag`rim yonsin taftingdan)
Dastingdan…
(Ishq daryosida suvlar ichay kaftingdan)

Kun bo`yi sani o`ylab shoir bo`ldim dastingdan…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]