Alisher Fayz - Gulbahor qo`shiq matni
Kelaqol bir yuzlashamiz,
 Dildan jo`shib so`zlashamiz,
 Sirlarim ko`p sirlashamiz,
 Gulbahor, keldi bahor,
 Gulbahor, keldi bahor.
Senga mushtoq bo`lgan elga,
 Ko`klamdan rizq tergan elga, (x2)
 Hammadan ham ko`proq sevib,
 Senga mehr bergan elga
 Gulbahor, keldi bahor,
 Gulbahor, keldi bahor.
Gul sochib har qadamimga,
 Yarashibsan chamanimga, (x2)
 Nurga ko`mib ham go`shasin
 Kel navqiron Vatanimga.
 Gulbahor, keldi bahor,
 Navbahor, keldi bahor.
Kelaqol bir yuzlashamiz,
 Dildan jo`shib so`zlashamiz,
 Sirlarim ko`p sirlashamiz,
 Gulbahor, keldi bahor,
 Navbahor, keldi bahor.
 Keldi bahor.
Читать также 
				Комментарии (0)
				
