Alisher Fayz - Indamadim qo`shiq matni

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Bog`laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim, (x2)
Gul bahona ishq o`yinin boshlab qo`yib-ey,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Aybimmidi so`zlaringni tinglaganim?
Yo bevafo ekanliging bilmaganim? (x2)
O`tga otib, suvga solib bu jonimni-ey,
Yetar shuncha azob berib, qiynaganim. (x2)

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Oh, sani man uchratdima qaylardanam,
Xonishlarim o`tar bo`ldi naylardanam. (x2)
Ko`p kuydirma, shartta kechib ketishim bor-ey,
Qora qoshu o`sha g`uncha lablardanam.

Ko`p kuydirma, shartta kechib ketishim bor-ey,
Qora qoshu go`zal g`uncha lablardanam.

Indamadim yorey, indamadim,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim. (x2)

Bog`laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim,
Gul bahona ishq o`yinin boshlab qo`yib-ey,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim.

Gul bahona ishq o`yinin boshlab qo`yib-ey,
Shu o`yinni buzay deding, indamadim.

Bog`laringni kezay deding, indamadim,
Gullaridan uzay deding, indamadim,
Ishq o`yinin buzay deding, indamadim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]