Alisher Fayz - Maktub qo`shiq matni

Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq,
Yurak sensiz bo`m-bo`sh deganingmi bu?
Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
Yoki bo`sh ko`nglimga tutdingmi ko`zgu? (x2)

Yoki muz o`lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o`tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq…

Menga xat yoz degan bo`lsang ehtimol,
Ipak qog`ozingga labimni bosdim.
Ko`chamda shovillab oqarkan shamol,
Sening maktubingga shu she`rni yozdim. (x2)

Yoki muz o`lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o`tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq…

Yoki muz o`lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o`tlarga solma deb jonni?

Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq,
Yurak sensiz bo`m-bo`sh deganingmi bu?
Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
Yoki bo`sh ko`nglimga tutdingmi ko`zgu?

Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]