Alisher Fayz - Ona qo`shiq matni

Vujudida o’zi bilan olib yurib to’qqiz oy,

Durdek tishlari to’kilib, husnidan berib chiroy.

Vujudida o’zi bilan olib yurib to’qqiz oy,

Qaro sochlari to’kilib, husnidan berib chiroy.

To’lg’oq dardin onachalik bilmas hech kim hoynahoy,

To’lg’oq dardin onachalik bilmas hech kim hoynahoy,

Dunyolarga keltirib ayladingiz zo’r himmat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat.


Har onaning baxtiga omon bo’lsin bolasi,

Har onaning bag’rida o’ynab-kulsin bolasi.

Onamni ko’p sog’intirdi yig’loq nayning nolasi,

Mavludani sog’intirdi yig’loq nayning nolasi,

Matonatu sabrlar sizdan bizga zo’r ibrat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat.


Ayol joni og’risa larzaga kelar dunyo,

Farzandini qo’lga olsa nurlarga to’lar dunyo.

Mehr haqqin uzib bo’lmas u dunyoyu bu dunyo,

Dunyolarga keltirib ayladingiz zo’r himmat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat,

Onam meni dard yutib boqqaningizga rahmat.


Qo’shig’imiz farzandlar yuragiga yetsin-ey,

Tinglaganda onalarning dardi arib ketsin-ey.

Duo qilay yoshingiz yuz minglardan o’tsin-ey,

Duo qilay yoshingiz millionlardan o’tsin-ey,

Shunday go’zal, xurram kunda aylay sizni zo’r hurmat,

Onam meni dard yutib tuqqaningizga rahmat,

Non yedirib, tosh yutib boqqaningizga rahmat.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]