Alisher Fayz - Rashk qilasanmi qo`shiq matni
Ataylab, e ataylab kech keldim bugun,
Yorim xafa bo`larmikan deb.
Yuragida bormi deya tugun,
Qaydaligim so`rarmikan deb.
Astagina o`zim oldim-o,
Boshdan-oyoq nazar soldim-o,
Shubhaga ham borib qoldim-o,
Mani yaxshi ko`rarmikan deb.
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg`onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Har mahal erkalab, “oyim” desam,
Ro`zg`orim, ham uyim-joyim desam,
Ko`nglingni bilmoq uchun ataylab,
Yolg`ondan bor bitta xatoyim desam.
Rashk qilasanmi? O`, qizg`onasanmi?
E, balki yurak dardim bilmaysan-ey,
Bilsang ham yo siring bermaysan-ey.
Jo`rttaga egnimdan tola soch topib,
Mazza qilib to`polonlar qilmaysanmi-yey?
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg`onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Istagim – yo`limga bo`l intizor,
Rashkning ham sevgida quvvati bor. (x2)
Beparvolar bo`lib, o`ynab-kulib,
G`aflatda qolmagin, deyman nigor.
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? Jonim, qizg`onasanmi?
Rashk qilasan-ey, qizg`onasan, rostini ayt!
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? O`zi qizg`onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi?
Yo manga mandan ko`p ishonasanmi?
Ataylab kech keldim bugun…