Alisher Fayz - Rayhon qo`shiq matni
Akasining dardi bor
Ukasining kuyida,
Akasi ado bo`ldi
Bir go`zalning ko`yida.
Rayhon senga uylanay deb,
Go`zal qo`shiq yozuvdik,
Bu tarona aytildi-ya
Rayhonaning to`yida.
Afsusgina shunday qo`shiq
Tarix bo`lib qolib ketdi,
Bog`imizdan Rayhonni
Yigitali olib ketdi.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon. (x2)
Vafosi yo`q go`zal ekan,
Ta`riflari g`azal ekan,
Ne qilardik, nima ham derdik,
Shunday taqdir azal ekan.
Sog`inmaymiz, kutmaymiz,
Yo`liga ko`z tutmaymiz,
Ne eksak ham bog`imizga
Endi rayhon ekmaymiz.
Vodiyda to`y bermoqchiydik,
Dilda armon qolib ketdi,
Rayhonni begonalarmas,
Vodiyliklar olib ketdi.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon. (x2)
Hazil qo`shiq aytdik xolos,
Hazil chinga o`tmaydi,
Akam uchun hech bir go`zal
Kelinoyimga yetmaydi-ey.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
Rayhon, Rayhon, baxtli bo`l, Rayhon-ey.