Alisher Fayz - Xo’l bo’lmasin qo`shiq matni

Bog` oralab yor ko`rgani kelganimda,
Yangi qo`shiq aytib beray deganimda,
Osmonlarda qaro bulut dog`landiey,
Yorni uyga ketkazmoqqa chog`landiey.

Yog`ar bo`lsang, to`lib toshgan ko`llarga yog`,
Yomg`ir so`rab jovdiragan cho`llarga yog`,
Holatimni tushungin, ey havojon, havojon,
Bu yerlardan olis ketgan yo`llarga yog`.

Yomg`ir yog`ib, ko`z yoshlarim ko`l bo`lmasin,
Yorginamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin. (x2)

Yog`ar bo`lsang, baland-baland tog`larga yog`,
Bu yerlardan olis ketgan bog`larga yog`,
Oshiqlarga halal berma, havojon-havojon,
Sevgi bilmas, yurak bag`ri dog`larga yog`.

Boshga do`ppi, qoshiga o`sma qo`yibdiey,
Qo`shig`imni izhorimga yo`yibdiey,
Kelishimga xarir ko`ylak kiyibdiey,
Yangi kiygan ko`ylaklari xo`l bo`lmasin.

Yomg`ir yog`ib, ko`z yoshlarim ko`l bo`lmasin,
Yorginamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin. (x2)

Havom dedim seni, havojonim dedim seni,
Yog`sang agar yor ketsa, armonim dedim seni. (x2)
Yog`sang manga yog`giney, xo`l qilginda mani-ey,
Yorginamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin.

Yog`ar bo`lsang, borib mana uyimda yog`,
Yor ko`nglini ovlaydigan kuyimda yog`,
Qovog`ingni solma menga havojon, havojon,
Ranjimagil bo`pti mayli to`yimda yog`.

Kuylab olay, armonlarim mo`l bo`lmasin,
Yorginamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin.
Yomg`ir yog`ib, ko`z yoshlarim ko`l bo`lmasin,
Yorginamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin.

Go`zalimning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin,
Ey yagonamning ko`ylaklari xo`l bo`lmasin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Alisher Fayz - Xo’l bo’lmasin qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Xushnud - Devona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:11Скачать
Oxunjon Madaliyev - Dardim sig`mas dunyoga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:50Скачать
Ahror Usmonov - Qo’yavering o’ynasin qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:20Скачать
Alisher Fayz - Ho'l bo'lmasin 128 kbps19-01-2015, 20:58Скачать
Og'abek Sobirov - Bo'lmasin 128 kbps13-01-2015, 14:39Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.