Alisher Fayz - Yolg’on ekanku qo`shiq matni

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
O`sma qo`ygan deb edilar, yolg`on ekanku!

Qarashlaring yuragimga ishq o`ti soldi,
Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Necha tunlar visolingni qo`msab yondim,
Qalbni tirnar zo`r narsasi hijron ekanku.

Sog`inganda chidolmasdan ko`z yoshim ravom,
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Kel, boshlayin gulzorima, gullar teraylik,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.

Sevganingla sayr aylasang vafo bog`ini,
Muhabbatning barcha yo`li ravon ekanku.

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.

Visol fasli oshiq uchun davron ekanku,
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]