Alisher Fayz - Yomon qo’rqdim qo`shiq matni

Yorim mani aylabon g`arib
Ko`ylak kiyib o`tdi jimjima,
Uyiga borib keldi o`zgarib,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a. (x2)

Jonim desam, erkalab, suyib,
Quvonardi baxtidan to`yib, (x2)
Endi o`tar qovog`in uyib,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a. (x2)

Yorim mani aylabon g`arib
Ko`ylak kiyib o`tdi jimjima.

Bilmay qoldim hazilmi, rosti,
O`t sachratdi ko`zlarin osti, (x2)
Botirni ham g`ulg`ula bosdi-ey,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a.
Alisherni g`ulg`ula bosdi-ey,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a.

Yorim mani aylabon g`arib
Ko`ylak kiyib o`tdi jimjima.

Nahot, shunday bo`lsa yor degan?
Yuragimga sanchildi tikan. (x2)
Ko`zlarimni ochsam tush ekan,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a.
Ko`zlarimni ochsam tushim ekan,
Yomon qo`rqdim, yomon qo`rqdim-a.

Ko`zlarimda g`azabim ko`rib,
Yomon qo`rqdi, yomon qo`rqdi-ya, (x2)
Yorim mani aylamang g`arib,
Uzun ko`ylak kiying tinchgina-ey.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru