Alisher Fayz - Zuhraxonning ro’moli qo`shiq matni
Zuhraxonning ro`moliyey… (x4)
Shoxsupada o`tiruvdim o`ylonib,
Bir qiz keldi gulzorimdan aylonib.
Zuhra ekan qizginaning otlari,
Parilardan bo`lsa kerak zotlari.
Sochlarini tarabdi mayin bahor shamoli,
O`zlariga yarashibdi Zuhraxonning ro`moli.
Zuhraxonning ro`moliyey,
Zuhraxonning ro`moliyey,
O`g`irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro`moliyey.
Shoxsupada o`tirmasam shu kuni,
Balki hecham ko`rmas edim man uni.
Man yonaman muhabbatim yo`lida,
Sevgi bormi qizginaning ko`nglida?
Chiroyiga til ojiz, go`zal husnu-jamoli,
O`zlariga yarashibdi Zuhraxonning ro`moli.
Zuhraxonning ro`moliyey,
Zuhraxonning ro`moliyey,
O`g`irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro`moliyey.
Sochlarini tarabdi mayin bahor shamoli,
Andozani olibdiya bellaridan chumoli.
Chiroyiga til ojiz, go`zal sharmu-xayoli,
Qo`shig`imning nomi ham Zuhraxonning ro`moli.
Zuhraxonning ro`moliyey,
Zuhraxonning ro`moliyey,
O`g`irladi xayolim-ey,
Zuhraxonning ro`moliyey.