Alisher Ro`zmetov - Yana tunlar qo`shiq matni

Yana tunlarim sening oshig`i-zoringmano,
Yana tunlar, yana tunlar.
Seni har lahzada yod etib sog`inarmano,
Yana tunlar, yana tunlar.

Beqarorim, bunchalar dilni yoqarsan?
Lekin baribir o`zing menga yoqarsan.
Sening vasling yuragimda bitta orzu,
Meni tinglab noz ila asta boqarsan.

Yana tunlarim sening oshig`i-zoringmano,
Yana tunlar, yana tunlar.
Seni har lahzada yod etib sog`inarmano,
Yana tunlar, yana tunlar.

Gohi senga yetkazar mening xayolim,
Sening isming aytadi sevgi shamoli.
Yo`llarimni yoritar yulduzlar yonib,
Borganimda sen tomon har kecha, jonim.

Dili zorim-ey, nigor aylama sarxush,
Sen misoli qalbim osmonida bir qush.
Sening vasling yuragimda bitta orzu,
Meni tinglab noz ila asta boqarsan.

Yana tunlarim sening oshig`i-zoringmano,
Yana tunlar, yana tunlar.
Seni har lahzada yod etib sog`inarmano,
Yana tunlar, yana tunlar. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]