Amira Alibekova - Qani qani qo`shiq matni

Sani man vafodor desam,
Dilingda o`zgasi bormi?
Yo`lida intizor desam,
Orzular bari bekormi?

Gohida kelasan-ketasan,
Yuragimga ozor etasan,
So`zimga so`z demay, indamay,
Azoblab aytgin, yor netasan?

Qani, qani so`zla, xayoling kimda yana,
Aytgin, aytgin desamda, yorim jimda yana,
Mani, mani hayajon yuragimda yana,
Jonim, jonim so`zla, xayoling kimda yana. (x2)

O`ylanib qolaman goho,
Dardimdan daraging bormi?
Mani ayt, qalbingda tanho,
Aslida yuraging bormi?

Gohida kelasan-ketasan,
Yuragimga ozor etasan,
So`zimga so`z demay, indamay,
Azoblab aytgin, yor netasan?

Qani, qani so`zla, xayoling kimda yana,
Aytgin, aytgin desamda, yorim jimda yana,
Mani, mani hayajon yuragimda yana,
Jonim, jonim so`zla, xayoling kimda yana. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]