Amira Alibekova - Umr o’taveradi qo`shiq matni
Tongga, tunga aldanib
Umr o`taveradi.
Azob bersang bir og`iz
Uzr o`taveradi.
Umrim sensiz o`taveradi,
Yoshlik yolg`iz o`taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.
O`rik gullab barg to`kar,
Bahor o`taveradi,
Necha yillar shu zayil
Takror o`taveradi.
Rahmatlar ham o`taveradi,
Nafratlar ham o`taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.
Ko`zlarda umidlar yig`lar,
Qaytar u deb,
Xayollar qalbimni tig`lar
Qaytarmu deb.
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u deb,
Qaytar u deb umrim o`tar.
Mag`rurlikka bosh egib
Hayot o`taveradi,
Sen o`zingga dushman deb
Isbot o`taveradi,
Umrim sensiz o`taveradi,
Yoshlik yolg`iz o`taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.
Ko`zlarda umidlar yig`lar,
Qaytar u deb,
Xayollar qalbimni tig`lar
Qaytarmu deb.
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u deb,
Qaytar u deb umrim o`tar.
Tongga, tunga aldanib
Umr o`taveradi.
Azob bersang bir og`iz
Uzr o`taveradi.
Umrim sensiz o`taveradi,
Yoshlik yolg`iz o`taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.
Umr o`taveradi…
Yoshlik o`taveradi…