Anvar G`aniyev - Kelinchak qo`shiq matni

Oqqush misol parvozlarga shaylangan,
Ertakdagi malikaga aylangan,
Sultoniga kelin bo`lib saylangan,
Singiljonim, qutlay bugun to`yingiz,
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz!

Oq atirgulsiz tong chog`i ochilgan,
Chimildiqqa iforlari sochilgan.
Chehrasida oftob kulgan, oy kulgan,
Shaloladan tiniq orzu o`yingiz,
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz!

Kelinchak, o kelinchak,
Kuyov bag`ri belanchak.
Kelinchak, o kelinchak,
Kuyov bag`ri belanchak.

Siz tursangiz yashnab turfa libosda,
Tovlanasiz tovusday har nafasda.
Qo`shni qizlar termulishar havasda,
Chaman bo`lar yurgan ko`cha-ko`yingiz,
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz!

Bir kun kelgay jannatlardan sadolar,
Momolardan meros, sirli navolar,
Go`zallikni yo`rgaklagan bahorlar,
Gulbahorlar qutlar beshik to`yingiz,
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz!

Kelinchak, o kelinchak,
Kuyov bag`ri belanchak.
Kelinchak, o kelinchak,
Kuyov bag`ri belanchak. (x1+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]