Anvar G`aniyev - Sog’inib keldim qo`shiq matni
Hajrining beshafqat qiynoqlaridan,
Ming bora to`kildim, ming bora to`ldim. (x2)
Adashgan taqdirning so`qmoqlarida, {x2}
Yig`lama, men seni sog`inib keldim. {x2}
Keldim sening ishqing dilimga solib,
Necha bor tirildim, necha bor o`ldim.
Oshiq yuragimni qo`limga olib, {x2}
Suyganim, men seni sog`inib keldim. {x2}
O`zga og`ushlarda titradim yonib,
Yulduzday charaqlab, quyoshday kuldim.
Bugun hammasidan, baridan kechib, {x2}
Baribir men seni sog`inib keldim. {x2}
Qaydasan, chorlasam yetmas ovozim?
Yo chaqir, yoningda bo`layin paydo. (x1+x1)
Suyganim, men seni sog`indim axir, {x2}
Yig`lama, men seni sog`inib keldim. {x2}
Читать также
Комментарии (0)