Anvar Sanayev - Chin oshiqlar qo`shiq matni

Chin oshiqlar yolg`ondan
Qasamlar ichmaydilar.
Kechishi mumkin jondan,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sinovdan qochmaydilar,
Havasga uchmaydilar, (x2)
O`zgani quchmaydilar,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Yo`llarini to`ssang ham,
Qo`llarini kessang ham, (x2)
Bo`yniga dor tutsang ham,
Sevgidan kechmaydilar.

Sinovdan qochmaydilar,
Havasga uchmaydilar, (x2)
O`zgani quchmaydilar,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sevgi taftini tuyib,
Kunda bittasin suyib,
Juftini yolg`iz qo`yib,
Sevgidan kechmaydilar,
Qasamlar ichmaydilar.

Deydiki oshiq Ahad,
Sevgiga ko`nmoqlik shart.
O`yin emasdir qismat,
Sevgidan kechmaydilar.

Chin oshiqlar yolg`ondan
Qasamlar ichmaydilar.
Kechishi mumkin jondan,
Sevgidan kechmaydilar. (x2)

Sevgidan kechmaydilar… (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]