Anvar Sanayev - Jufti halolim qo`shiq matni

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g`amimiz bor?
Garchi bog`lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Mehri, sadoqat siymu zar sanam,
Munglig`im, munisim, mushtiparginam.
Parvonam sensanu boshimda mudom,
Qadringga yetmayin kelganim alam. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g`amimiz bor?
Garchi bog`lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Bir bor qosh uymagan qalamqoshligim,
Sochingdagi oqlar – bag`ritoshligim.
Bir shirin so`z aytmay, bitta gul tutmay,
Sen gulni so`ldirdi mening yoshligim. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g`amimiz bor?
Garchi bog`lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Darding olay, yorim, aytgil dardingni,
Tog`lar ko`tarolmas sening dardingni.
Sevdim, demasam ham, sevgim izhori –
Umr o`rtasida bildim qadringni. {x2}

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g`amimiz bor?
Garchi bog`lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Bizni birovlardan ne kamimiz bor…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]