Anvar Sanayev - Sizni sizlab qo`shiq matni

Sizni sizlab, o’zimni senlab,
Bo’yingizga bo’yimni tenglab,
Sizni sizlab, o’zimni senlab,
Oh, goh pinhona, goho jim yig’lab,

Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.
Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.

Tars yorilgay, tars yorilgay
Toshga sir aytsam, jonim.
Dil yorilgay, dil yorilgay
Aytmayin desam, jonim.
Yosh boshimga, yosh boshimga
Oshiqlik ne g’am?

Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.
Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.

Sizmu o’shal, sizmu o’shal
Qirq kokil qizmi, jonim?
Sizmu o’shal, sizmu o’shal
Shirmoy yuzli, jonim?
Izlab-izlab, izlab-izlab
Topganim sizmi?

Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.
Kuydim sevgi firoqlarida,
Muhabbatning qiynoqlarida.

Muhabbatning qiynoqlarida…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]