Anvar Sobirov - Alam qilarkan qo`shiq matni
Monolog :
Og`ir kunda hol-ahvoling so`ragani bir bor
Yaqinlaring kelmagani alam qilarkan.
Ko`ngilning bir ko`chasida necha dil savdo,
O`z-o`ziga bo`ysundirib, qaram qilarkan.
Ko`ngilning bir ko`chasida necha ming savdo,
O`z-o`ziga bo`ysundirib qaram qilarkan.
Baxting kulib sevilsang-u, sevsang-u, ammo
Taqdir nasib qilmagani alam qilarkan.
Baxting kulib sevilsang-u, sevsang-u, ammo
Taqdir nasib qilmagani…
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Taqdir nasib etmagani alam qilarkan.
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Uzatganda qo`l yetmasa, alam qilarkan.
Omad qushing qo`nib tursa takror va takror,
Kutganingdan kutmaganing yetib kelarkan.
Eh, omad qushing qo`nib tursa takror va takror,
Kutganingdan kutmaganing yetib kelarkan.
O`gir kunda hol-ahvoling so`rgani bir bor
Do`sting yetib kelmagani alam qilarkan.
O`gir kunda hol-ahvoling so`rgani bir bor
Do`sting yetib kelmagani…
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Do`sting yetib kelmagani alam qilarkan.
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Yaqinlaring kelmagani alam qilarkan.
Eh, nimalar bo`lmas ekan yigitchilikda,
Goho ochsan, goho to`qsan tirikchilikda.
Hammasiyam mayliku-ya, qiyinchilikda
Qo`ling kaltalik qilgani alam qilarkan.
Hammasiyam mayliku-yey, qiyinchilikda
Uzatsang-u, qo`l yetmasa…
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Qo`ling kaltalik qilgani alam qilarkan.
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Uzatganda qo`l yetmasa, alam qilarkan.
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Taqdir nasib etmagani alam qilarkan.
Alam qilarkan, alam qilarkan,
Uzatganda qo`l yetmasa, alam qilarkan.