Anvar Sobirov - Xayr qo`shiq matni

Suydi yurak, kuydi dil,
Ko`zim yoshlab qolaman.
Jonim, bugun alamdan
Otash bo`lib yonaman. (x2)

Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so`zim.
Qo`lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o`zim.

Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o`zim. (x2)

Kechirilmas gunohim,
Yuragimda dog` qoldi.
Muhabbatim armon bo`lib,
Bog`boni yo`q bog` qoldi. (x2)

Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so`zim.
Qo`lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o`zim.

Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o`zim. (x6)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]