Asal Shodieva - Sen qaydasan qo`shiq matni

Oy ham botar, quyosh ham botar,
O`tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab. (x2)

Bu ko`nglimning ko`chalari ko`p,
Kirib chiqar xayol birma-bir.
Shomlar kelib, tun ro`mol yoyar,
Chiroq yoqsang, yorishmas hozir.

Shomlar kelib, tun ro`mol yoyar,
Chiroq yoqsang, yorishmas hozir.

Sen qaydasan, qaydasan erkam?
O`tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab.

Bu dunyoda bilganim o`zing,
Sendan boshqa ilinjim yo`qdir.
Peshonamga yozilgan o`zing,
Ipsiz senga bog`lagan taqdir.

Sirlashaman tushimda gohi,
O`ngimda goh bo`lasan paydo.
Goh yig`latib, goho suydirib,
Kuylatasan yuragimni oh.

Goh yig`latib, goho suydirib,
Kuylatasan yuragimni oh.

Sen qaydasan, qaydasan erkam?
O`tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab. (x2)

Sensiz qalbim qoldi huvillab.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]